"Yuventus" autsayder bilan bahsda ochko yo‘qotdi
A Seriya 17-turidan o‘rin olgan "Venetsiya" - "Yuventus" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Alvaro Morata 32-daqiqada hisobni ochdi. 55-daqiqada Aramu muvozanatni tikladi va bellashuvda boshqa gol urilmadi.
Ushbu natijadan so‘ng "keksa sinora" ochkolari sonini 28 taga etkazib oldi. 12 ochkosi bor "Venetsiya" esa 17-o‘rinni band etib turibdi.

Fikrlar