"Yuventus"da katta "tozalash" bo‘ladi
"Yuventus" rahbariyati tarkibda keng ko‘lamli tozalash ishlari olib borishni rejalashtirgan. Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, “keksa sinora” yaqinlashib kelayotgan qishki transfer oynasida to‘rt nafar futbolchidan qutulmoqchi.
Jurnalistning fikricha, markaziy chiziq futbolchilarining ayrimlariga chiqish eshiklari ko‘rsatiladi. Aaron Remzi, Rodrigo Bentankur, Adrien Rabio va Artur Melo jamoaning "qora ro‘yxat"iga tushgan. Italiya grandi ushbu futbolchilar bo‘yicha takliflarni kutmoqda.
Massimiliano Allegri boshchiligidagi “Yuventus” Italiya chempionatining ortda qolgan 17 tur yakunlariga ko‘ra, musobaqa jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. Turin klubi peshqadam "Inter"dan naqd 12 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar