"Yuventus"ga qarshi o‘yinda Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun asosiy sabab!

  • 13 yanvar, 2021, 21:29
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda o‘zbekistonlik muxlislar kutayotgan bellashuv o‘tkaziladi. Unda Italiya kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Jenoa" bahsi bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bellashuv oldidan ko‘plab muxlislar, mutaxassislar va Italiya nashrlari taxminlarini bildirishdi, qaysi futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushishi bo‘yicha. Biz uchun ahamiyatlisi, albatta, Eldor Shomurodov. Muxlislar Shomurodov asosiy tarkibga kiritilishini xohlamoqda, kutmoqda va shunday bo‘ladi, deb o‘ylashmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi genuyaliklar qaydnomasidan o‘rin olgan. Hamyurtimizni mamlakatning ayrim portallari taxminiy tarkibga kiritmadi.

photo_2021-01-13_09-59-04

Ammo Shomurodov oxirgi payt ko‘rsatayotgan o‘yinlardan kelib chiqsak, u boshlang‘ich tarkibdan o‘rin olishga munosib. Boz ustiga raqib ancha jiddiy, "Jenoa" safarda harakat qiladi va himoyaviy taktikadan foydalanishi aniq. Bugun qarshi hujum ularning eng asosiy quroliga aylanadi. Bunday pallada Eldorning tezkorligi va qarshisidagi raqibdan cho‘chimasligi qo‘l kelishi mumkin. Shuni inobatga olib genuyaliklar ustozi Davide Ballardini hamyurtimizni asosiy tarkibga kiritishi kutilmoqda.

Yana bir necha soatdan so‘ng uchrashuvning asosiy tarkiblari e’lon qilinadi va barchasini bilib olamiz. Eldor Shomurodov oxirgi paytda "Yuventus" tomonidan bo‘layotgan qiziqishlarga munosib ekanligini isbotlash uchun ham bugun maydonga tushsa, albatta, gol urishini kutib qolamiz!!!

Bellashuv tunda Toshkent vaqti bilan 00:45da start oladi.

"Yuventus" - "Jenoa" uchrashuvini qaerda tomosha qilish mumkin? JONLI EFIR

RTX8FW5N

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
13/01/2021 21:42
Eldorga Omad! Hayajonlanma! Bos! Gol ursang kamtarona nishonlama!
&
Nodir Turaev
13/01/2021 21:33
Eldor bosasan
&
Nodir Turaev
13/01/2021 21:33
Eldor bosasan