“Yuventus”ning qimmatbaho o‘yinchisi “Ferrari”da avariya bo‘ldi

  • 17.08.2020 20:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”dan Turin klubiga 72 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan Artur Ramos mast xolda yo‘l-transport hodisasi sodir etdi.

Avariya tonggi soat to‘rtlarda Ispaniyaning Palafrujel nomli shaharchasida yuz berdi. Mast holda tezlikni oshirgan Artur “Ferrari” boshqaruvini qo‘ldan chiqardi va to‘siqqa urildi. Mashina yo‘ldan chiqib ketib, yorug‘lik ustuniga to‘qnashib ketdi.

Ispaniya politsiyasi 23 yoshli futbolchini tegishli tekshiruvlardan o‘tkazib, qonida alkogol miqdori me’yoridan oshiq ekanini va aynan mastlik avariyaga sabab bo‘lganini aniqladi.

Futbolchi va uning sherigi avariyada shikastlanmagan.  

“Yuve”dagi o‘zgarishlardan xavotirga tushgan Ronaldu zudlik bilan Pirloga qo‘ng‘iroq qildi

“Barselona” yangi murabbiy bilan uch yillik shartnomaga kelishdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!