Zidan avvalgi va hozirgi futbolni solishtirdi

  • 26 iyun, 2023, 08:30
  • 0
  • Futbol

Zinedin Zidanning fikricha, unga zamonaviy futbolda to‘p tepish qiyinroq bo‘ladi.

"Avvallari futbol hozirgidek emasdi. Ko‘p narsaga faqat texnika orqali erishish mumkin bo‘lgan. Menimcha, ayni vaqtda bu qiyinroq.

Bugungi futbol boshqacha va agar men hozir o‘ynaganimda, ehtimol, mening jismoniy holatim talab darajasida bo‘lmasdi", - dedi "Real" sobiq murabbiyi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Zidan murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchi. Unga PSJ hamda Saudiya klublaridan takliflar bor. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!