Zidan: "Benzema barchadan ko‘proq mehnat qiladi"

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 11-turi "Leganes"ga qarshi o‘yinda frantsiyalik hujumchi Karim Benzemaning o‘yini haqida gapirib o‘tdi.

Madrid jamoasi "Leganes"ni 5:0 hisobida mag‘lub etdi va forvard ushbu o‘yinda bitta gol urishni uddaladi.

"Benzema har doimgidek to‘p surdi. U gol urishi juda muhim, chunki bu uning ishi. Ammo Karim klubga goldan ko‘ra ko‘proq narsa bera oladi. Men undan mamnunman", - Marca Zidanning so‘zlarini iqtibos keltirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!