
Zinchenko endi boshqa raqamda o‘ynaydi
"Manchester Siti" klubi himoyachisi Aleksandr Zinchenko o‘z raqamini o‘zgartirdi.
“Shaharliklar” rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli ukrainalik futbolchi yangi mavsumdan boshlab 11-raqamda to‘p suradi. Eslatib o‘tish lozimki, bungacha u e35-raqamda harakat qilardi.
Ma’lumot uchun, Zinchenko o‘tgan mavsum APLda 14ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar