
Zlatan "Milan"da qolishini tasdiqladi
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich jamoad ketmasligini tasdiqladi. 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi “rossonerilar” bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytiradi.
"Men qolishni xohladim. Endi biz yaxshi natijalarga erishish uchun ishlashni boshlashimiz kerak", - dedi Zlatan.
Ibragimovich “Milan” safida joriy yilning yanvarida “Los-Andjeles Gelaksi”dan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan yarim mavsum davomida A Seriyada jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Zlatan faoliyati davomida «Barselona», «Inter», «Manchester Yunayted», «Yuventus», PSJ va «Ayaks» kabi klublarda to‘p surgan.
Fikrlar