Zohir Pirimov: Tanaffus o‘yinlar natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydi

  • 10 aprel, 2020, 13:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida barchamizdan  uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada, barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari o‘tkazilmayapti.

Tecno

Xo‘sh, o‘zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o‘tkazishmoqda? Ular muxlislarga bu borada nimalarni tavsiya qilishadi?

O‘zPFL matbuot xizmati bu haqda “Buxoro” jamoasi etakchilaridan biri – Zohir Pirimov bilan suhbatlashdi.

“Barcha qatori men ham ayni vaqtda karantinni uyda, oila davrasida o‘tkazyapman. Farzandlarimga “onlayn darslar”ni bajarishida ko‘maklashyapman. Muxlislarga, barcha yurtdoshlarimizga ham uyda qolib, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishlarini tavsiya qilgan bo‘lar edim. Aynan shu orqali ushbu kasallikni engib o‘tishimizga ishonchim komil.

Albatta, hozirgi sharoitda barcha sportchilar qatori futbolchilarga ham jismoniy holatni yuqori darajada ushlab turish biroz qiyinchilik tug‘diradi. Maydonda to‘p bilan ishlashning imkoni yo‘q. Shunday bo‘lsada, uyda jismoniy mashqlarni bajarish orqali sport  formasini saqlashga harakat qilyapman.

O‘ylashimcha, yuzaga kelgan tanaffus chempionat o‘yinlariga, natijalarga u qadar ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki, hozir barcha bir xil sharoitda va karantin tugab, chempionat start olganda ham, jamoalar bir xil sharoitda, bir xil formada etib keladi”, – dedi Pirimov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!