
Pakyao 9 yil ichida ilk marta nokaut qayd etib, chempionga aylandi (video)
Filippinlik bokschi Menni Pakyao argentinalik raqibi Lukas Matisseni nokautga uchratib, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) versiyasi bo‘yicha muntazam jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Jang Kuala-Lumpur shahrida tashkil etildi va sakkizinchi raundda yakuniga etdi.
Bu vaqtda uchinchi marta argentinalik bokschi nokdaun holatiga tushib qoldi va referi jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Pakyao oldingi jangini avstraliyalik Jeff Xornga qarshi 2017 yil 2 iyulida o‘tkazgan va ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan.
Filippinlik bokschi 9 yil ichida ilk marta nokaut bilan g‘alaba qozondi. U so‘nggi marta 2009 yil 2 may kuni britaniyalik Riki Xatton ikkinchi raundda ringga qulatgan edi.
39 yoshli Pakyao hisobida hozirda 60 g‘alaba (shulardan 39 tasi nokaut),7 mag‘lubiyat va 2 tasi durangdir.
U sakkiz vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan boks tarixidagi yagona sportchi hisoblanadi. 35 yoshli Matisse professional ringda 39 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.
Fikrlar