Stanislav Cherchesov: Hech kim quruq gap bilan kimnidir ishontira olmaydi
Bundan biroz avval Moskvadagi “Lujniki” stadionida Rossiya hamda Saudiya Arabistoni (5:0) terma jamoalari o‘rtasida JCh-2018ning ilk uchrashuvi yakuniga etdi. O‘yindan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz kecha matbuot anjumanida ham aytgan edik, hech kim quruq gap bilan kimnidir ishontira olmaydi. Bugun esa biz ushbu mundialda munosib ishtirok etishni maqsad qilganimizni isbotladik. Yigitlarga rahmat. Ular bugun rejalashtirgan ishlarimizni to‘liq bajarishdi.
Dzagoevga keladigan bo‘lsak, bizda B, S va hokozo rejalar ham bo‘ladi. Ikkinchi tomondan jarohat sabab futbolchi almashtirishni istamasdim”, - deydi Cherchesov.

Fikrlar