Mahmud Muradovning Evropadagi so‘nggi raqibi braziliyalik sportchi bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Aralash jang san’talari ustasi Mahmud Muradov (13-6, KO6) o‘zining navbatdagi jangini Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘tkazishidan xabaringiz bor.

3 mart kuni o‘tkaziladigan jangda hamyurtimizga raqiblik qiladigan sportchining nomi ma’lum bo‘ldi. Mazkur to‘qnashuvda u braziliyalik Ervaldo de Oliveyra (35-22-0) bilan kuch sinashadi. 41 yoshli sportchi shu vaqtgacha jami 57 ta professional jang o‘tkazib, ulardan 35 tasida zafar quchgan bo‘lsa, 22 tasida imkoniyatni boy bergan. So‘nggi o‘tkazilgan 5 ta jangining uchtasida raqiblarini mag‘lub qilgan.

U 2017 yil dekabr oyida u o‘tgan yili boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni amerikalik kichik Floyd Meyvezerga tegishli bo‘lgan The Money Team (TMT) klubi bilan shartnoma imzolagan va ushbu klub bilan kelishuvga erishgan birinchi MMA jangchisi degan nomga sazovor bo‘ldi.

U shuningdek, Bellator bilan ham kelishuvga erishgan, biroq bu tashkilot yaqin 6-7 oy ichida unga jang tashkil qila olmasligini ma’lum qilganidan so‘ng Mahmud Murodov yana Evropaga qaytib, XFN (X Fight Nights) turnirida jang o‘tkazishga qaror qildi. Mazkur jangdan keyin u shartnomasini to‘liq yakunlab, yana okeanortiga yo‘l oladi.

Mahmud Murodov so‘nggi marta o‘tgan yili dekabr oyida ringga chiqib, chexiyalik Tomash Penzni mag‘lub etgan va XFN chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Mazkur jang uning XFN (X Fight Nights) tashkiloti bilan tuzilgan shartnomasiga ko‘ra so‘nggisi bo‘lgan edi. Bu jangga qadar u XFN turnirida 3 ta jang o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.

Ma’lumot uchun: Mahmud Muradov World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘yicha qit’alararo chempion, Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni va XFN talqini bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!