Bugun Denis Istomin Germaniyada kortga chiqadi
Shtutgart shahrida "ATP Mercedes Cup" turniri boshlandi. Germaniyada o‘tayotgan ushbu musobaqada tashkilotchilar sovrin jamg‘armasini 729.340 evro etib belgiladi.
Mazkur turnirning birinchi davrasida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin bugun germaniyalik Filipp Kolshrayberga qarshi kortga chiqadi.
Shuningdek ushbu bosqichda Misha Zverev (Germaniya) va Mixail Yujniy o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur uchrashuvda Misha raqibini 7:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.



Fikrlar