"Dakar-2017": Ignasio marraga birinchi kelmay turib peshqadamga aylandi

BEPUL PROPAN
 
"Dakar" rallisining uchinchi bosqichida kvadrotsikl poygalari etakchilari ro‘yxatiga ham o‘zgarish kiritildi. Dastlabki ikki bosqichdan so‘ng etakchilikni qo‘lga olgan Pablo Kopetti uchinchi bosqichda raqiblarini ortda qolib ketdi.
 
Uchinchi kungi poygada marraga Gaston Gonsales birinchi keldi. Biroq u umumiy ro‘yxatda peshqadamlikka erisha olmadi. Garchi uchta bosqichda ham birinchi o‘rinni egallamagan bo‘lsa-da, barqaror tezlik namoyish etayotgan mashhur poygachi Ignasio Kasale marra chizig‘ini ikkinchi kesib o‘tdi va umumiy natijalarga ko‘ra yangi peshqadamga aylandi.
 
"Dakar-2017". Kvadrotsiklar. Umumiy natijalar.
 
1. Ignasio Kasale («Yamaxa») — 09:58:51
 
2. Gaston Gonsales («Yamaxa») +4:37
 
3. Pablo Sebastyan Kopetti («Yamaxa») +18:06
 
4. Aksel Dyutre («Yamaxa») +18:18
 
5. Simon Vitse («Yamaxa») +19:08
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!