Ejeni Bushar "Toshkent open"da ishtirok etishi mumkin
Poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) musobaqalar taqvimidan joy olgan “Toshkent open – 2018” xalqaro turniri 24-29 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
Musobaqada O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Rossiya, Ruminiya, Slovakiya, Kanadan, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Shveytsariya, Yaponiya, Gretsiya, Turkiya va Ukraina davlatlaridan kelgan tennischi qizlar yakkalik va juftlik bahslarida ishtirok etishi kutilmoqda.
E’tiborlisi bu yilgi musobaqada mamlakatimiz sharafini Nigina Abduraimova, Sabina Sharipova, Oqgul Omonmurodova, Arina Folts va Kamola Umarova, Iroda To‘laganova yakkalik va juftlik bahslarida himoya qilishi e’tirof etilmoqda. Shuningdek, mazkur turnirda kanadalik iste’dodli tennischi Ejeni Bushar ham ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi "Toshkent open" musobaqasi yigirmanchisidir
Fikrlar