Tezkor xabar: Bosh murabbiy Payetni "Vest Xem"dan haydadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Frantsiya terma jamoasi va "Vest Xem" klubi etakchi pleymeykeri Dimitri Payet asosiy tarkib bilan mashg‘ulot o‘tkazish huquqidan mahrum etildi. Bosh murabbiyi Slaven Bilich yarim himoyachining jamoaga bo‘lgan munosabati uchun jazoladi.
- Dimitri jamoaga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmas ekan unga bu erda joy yo‘q, - dedi Slaven Bilich. - Biz uni boshqa jamoaga qo‘yib ham yubormaymiz. Aminmanki, u o‘zini o‘nglab oladi va jamoa uni qo‘llab-quvvatlaganidek, kelib ishini davom ettiradi.
Ko‘p jamoalar Payetni o‘z tarkibida ko‘rishni istamoqda. Frantsiyalik futbolchi "Vest Xem" bilan shartnomani uzaytirgan bo‘lsa-da, klubni tark etishni istamoqda.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!