Yasmina bosh sovringa da’vogar

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
Hindistonda qizlar o‘rtasida tashkil etilgan xalqaro tennis turnirining juftlik bellashuvlarida hamyurtimiz Yasmina Karimjonova yarim finalga chiqdi.
 
Musobaqada mezbonlar vakilasi Maxak Jain bilan hamkorlikda ikkinchi raqamli duetni tashkil qilgan Yasmina Karimjonova dastlabki ikki bahsda hindistonlik Satvika Sama va Shivani Svarup Ingleni 6:2, 6:1, hindistonlik Muskan Gupta va indoneziyalik Priska Madelin Nugroxoni 6:2, 6:1 hisobida engdi.
 
Yasmina o‘z sherigi bilan final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bellashuvda tailandlik Mai Napat Nurindorn va hindistonlik Akanksha Bxangga qarshi kortga chiqadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!