"Arsenal" himoyachining javobini berib yubordi
"Arsenal" klubi rahbariyati murabbiylash shtabining ishonchini oqlay olmagan va asosiy tarkibga kirish uchun raqobatga bardosh berolmagan futbolchilardan qutilmoqda.
London klubi bosh murabbiyi Arsen Venger himoyachi Karl Jenkinsonni mavsum oziriga qadar ijaraga berib yuborganini tasdiqladi.
24 yoshli himoyachi bu mavsumni "Kristal Pelas" jamoasi safida o‘tkazadigan bo‘ldi. Angliya premer-ligasida qolish uchun kurashayotgan jamoa sharafini himoya qiladigan futbolchi "Arsenal" tarkibida 84 daqiqa o‘ynagan xolos.
SPORTS.uz

Fikrlar