
"Barselona" - "Atletik": Bilbaoliklar so‘nggi daqiqada hisobni tenglashtirdi! (matnli translyatsiya)
Assalomu alaykum, muhtaram futbol ixlosmandlari. "Barselona" va "Atletik jamoalari o‘rtasidagi Ispaniya Superkubogi final uchrashuvini matnli tarzda e’tiboringizga havola etiladi. Uni sizlar bilan Javohir Azimov kuzatib boradi.
120+3. Uchrashuv yakunlandi. Matnli translyatsiya Javohir Azimov tomonidan olib borildi!
120+2. O‘yinning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo‘shildi.
120. Qizil kartochka! VARni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan hakam Messiga qizil kartochka ko‘rsatdi.
118. Messi raqibi yuziga qo‘li bilan urdi. Hakam uni maydondan chetlatishi mumkin. Leo asablarini jilovlay olmadi.
116. Mingezaning zarbasiga aniqlik etishmadi. To‘p to‘sin yuqorisidan o‘tib ketdi.
114. To‘p uchun kurashda Vilyalibrega qarshi Arauxo qoida buzdi. Nominal mehmonlarda yaxshi standart.
112. Ter Shtegen to‘pga chiqishda qo‘pol xatoga yo‘q qo‘ydi. Ammo Vesga bo‘sh qolgan darvozaga noaniq zarba yo‘lladi.
111. Albaning ajoyib uzatmasidan keyin Grizmann to‘pni darvozaga aniq yo‘llay olmadi. O‘ta qulay imokoniyat qo‘ldan ketdi.
110. Sariq kartochka! Puchning oyog‘ini bosib olgan Morsi ogohlantirildi.
109. Sariq kartochka! Yana bir taktik qo‘pollik ishlatgan Vilyalibre sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi.
108. Munyain De Yongga nisbatan taktik fol ishlatdi.
106. To‘rtinchi bo‘limga start berildi!
106. Kleman Langle o‘rniga Trinkau maydonga tushdi. Shuningdek, Uilyams o‘z o‘rnini Marsiloga bo‘shatib berdi.
105+2. So‘nggi bo‘lim boshlanish arafasida. Yoki hozir, yoki hech qachon, "Barselona"!
105. Uchinchi taymga 1 daqiqa qo‘shildi!
105. Ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurashda Dani Garsiya va Frenki De Yong jiddiy to‘qnashib ketdi. Shifokorlar maydonga tushib keldi.
105. Munyainnig jarima maydoniga uzatgan to‘pini Langle maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
104. Qarshi hujumga o‘tgan "Atletik" standart vaziyatga ega bo‘ldi.
102. Kuman shogirlari bir-biriga to‘p uzatib, raqib himoyasidagi bo‘sh hududni izlamoqda.
100. "Ko‘k-anorranglilar" raqib jarima maydoni oldida katta to‘siqqa duch kelmoqda.
98. Bilbaoliklar butun jamoa bo‘lib himoyalanmoqda.
96. Breytueytning yaqin masofadan bergan kuchsiz zarbasini darvozabon ushlab oldi.
95. Endi "Barselona" o‘z o‘yiniga faollik qo‘shdi. Kuzatamiz, kataloniyaliklar nima qilarkan.
93. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL! "Atletik" 3-golni kiritdi!
Inyaki Uilmsning super zarbasi qarshisida Ter Shtegen ojiz qoldi!
91. Uchinchi taym boshlandi!
90+3. Uchrashuvning asosiy vaqti o‘z yakuniga etdi. Hakam jamoalarga qo‘shimcha bo‘limlar oldidan biroz nafas rostlab olish imkoniyatini taqdim etdi!
90+2. Ishtahasi ochilgan bilbaoliklar hujum uyushtirishda davom etmoqda.
90. O‘yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo‘shib berildi!
90. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL! "Atletik" tarozi pallalarini tenglashtirdi!
Vilyalibre jarima maydoniga uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Shunchaki super uchrashuv!
89. Pyanich va Breytueyt Pedri hamda Dembele o‘rniga maydonga tushdi.
87. Uilyamsning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
84. De Yong yaqin masofadan darvozani aniq nishonga ololmadi. "Barsa" hammasiga nuqta qo‘yishi mumkin edi.
83. Jarima maydoni markaziga oshirilgan to‘pni Mingeza maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
80. Raul Garsiyaning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.
79. Gol o‘tkazib yuborgan mehmonlar faollikni oshirdi. Yoki hozir, yoki hech qachon.
77. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL! "Barselona" hisobda oldinga chiqib oldi!
Albaning qulay uzatmasini Grizmann yaqin masofadan darvozaga kiritdi.
74. Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni darvozabon egallab oldi.
72. Leoning uzatmasiga De Yong eta olmadi.
71. "Atletik" himoyachilari katta tezlikda oldinga o‘tayotgan Messini to‘xtatishga erishdi.
69. Oldingi chiziqda qoida buzgan Dembele jamoasi hujumi uzilib qolishiga sabab bo‘ldi.
67. Sariq kartochka! Dani Garsiya ogohlantirildi.
66. Inyaki Uilyamsning zarbasi biroz noaniq ketdi. Aks holda, Ter Shtegen darvozasi yana bir marta ishg‘ol etilishi mumkin edi.
64. Bilbaoliklar o‘z jarima maydonini yaxshi qo‘riqlayapti. "Barselona" buni yorib o‘tishda katta qiyinchilikka duch kelmoqda.
62. Pedrining uzatmasiga Messi etib kela olmadi. Himoyachilar chaqqonroq chiqdi.
60. Kataloniyaliklar to‘p nazoratini qaytarib oldi. Endi ular ko‘proq oldinga o‘tmoqda.
58. Gol bekor qilindi! VARdagi mutaxassislar bosh hakamga bu vazichtda o‘yindan tashqari holat bo‘lganini ma’lum qildi.
57. GOOOOOOOOOOLLLLLLLL! "Atletik" hisobda oldinga o‘tib oldi! Jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Raul Garsiya darvozaga kiritdi.
55. Grizmann jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi. Darvozabon uni egallab oldi.
53. "Barsa" sardori to‘pni jonli devordagi futbolchilar orasidan o‘tkazdi. Biroq zarbaga aniqlik etishmadi.
52. Dani Garsiya Messiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Leoning o‘zi uchun yaxshi imkoniyat.
50. Inyaki Uilyams o‘yindan tashqari holatda qolib ketdi.
48. Taym avvalida to‘p nazorati nominal mehmonlar tomonda bo‘lib turibdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi!
46. Futbolchilar maydonga qaytdi. Biz ham qaytamiz!
45. Birinchi taymga vaqt qo‘shilmadi. Tanaffus!
42. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL! "Atletik" darhol hisobni tenglashtirdi!
Uilyamsning jarima maydoniga etkazib bergan to‘pini De Markos darvozaga to‘g‘irlab yubordi! Super uchrashuv!
40. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL! "Barsa" hisobni ochdi!
Jarima maydoni ichida Messini 3 kishi bo‘lib qo‘riqlagan "Atletik" futbolchilari Grizmanni yolg‘iz qoldirdi. Antuan yaqin masofadan aniq zarba yo‘lladi.
38. Raul Garsiyaning bosh bilan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.
36. "Barsa"ning ilk zarbasini Messi amalga oshirdi. Messining urinishi noaniq ketdi.
33. Qanotda bir raqibini chalg‘itgan Dembele markazga to‘p oshirdi. Darvozabon uni ushlab oldi.
31. Kuman shogirdlari o‘zlarining pozitsion hujumlarini boshladi. To‘p maydon bo‘ylab aylantirilmoqda.
29. Sherigining uzatmasiga Grizmann eta olmadi. Kataloniyaliklarning navbatdagi hujumi besamar yakunlandi.
27. Seyv! Uzoq masofadan berilgan zarbani Ter Shtegen qaytardi.
25. Messining jarima maydoni markaziga uzatgan to‘piga Arauxo biroz eta olmadi.
24. Jarima maydoniga yaqin hududda Munyain Messiga nisbatan qoida buzdi. "Barsa"da yazshi standart.
22. Raul Garsiyaning burchakdan jarima maydoni markazi tomon oshirgan to‘pi himoyachilar tomonidan qaytarildi.
20. Nazorat mehmonlar tomonga o‘tib ketdi. Endi "ko‘k-anorranglilar" ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib harakat qilyapti.
17. Bilbaoliklar burchak to‘pidan unumli foydalana olmadi.
14. Messi markazda raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatdi.
12. Raul Garsiya ofsaydda qolib ketdi.
11. Sariq kartochka! Tezlikda raqibidan ortda qolgan Langle Uilyamsni qoida buzish evaziga to‘xtatdi. Hakam uni ogohlantirdi.
9. "Atletik" ustunlikni raqibdan olib qo‘ymoqda.
7. Nominal mehmonlar markazda to‘pni nazoratiga egalik qilmoqda.
5. Dembele voqealar rivojidan biroz ilgarilab ketdi. Yon hakam buni payqadi.
3. Ilk daqiqalardan kataloniyaliklar to‘pni o‘zlarida ushlab turibdi. "Atletik" pressing uyushtiryapti.
1. O‘yin boshlandi!
0. Sardorlar ishtirokidagi rasmiy jarayonlar ortda qoldi. Start uchun barchasi tayyor!
0. Futbolchilar maydonga tushib keldi. O‘yin bir necha soniyalar ichida start oladi.
Fikrlar