
Mourino italiyaliklar taklifiga rozi bo‘ladimi?
“Latsio” himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Tottenxem” himoyachisi Denni Rouzni olib kelmoqchi.
Rimliklar 30 yoshli futbolchini 5,5 million evro evaziga transfer qilmoqchi. Bundan tashqari, Rouz agar Italiyaga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, 3 million evrolik maoshining qisqarishiga ham rozi bo‘lishi kerak.
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino ham himoyachiga asosiy tarkibdan joy bermaydi, shuning uchun ham uning ketishi portugaliyalik mutaxassisga muammo tug‘dirmaydi. Joriy mavsumda Rouz ijara asosida “Nyukasl” tarkibida 19 ta o‘yinda qatnashdi.
Fikrlar