Qaysi go‘zal finalga loyiq?
Avstraliyaning Sidney shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli xalqaro turnirning yarim final ishtirokchilari aniqlandi.
Mukofot jamg‘armasi 710 900 AQSh dollari bo‘lgan musobaqaning chorak final o‘yinlarida kutilmagan natijalar kuzatilmadi.
Chorak finalda quyidagi natijalar qayd etildi:
Barbora Stritsova (Chexiya) — Karolina Voznyatski (Daniya, 10) 7:5, 6:7, 6:4
Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya, 6) — Darya Kasatkina (Rossiya) 6:3, 7:5
Ejeni Bushar (Kanada, WC) — Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya) 6:2, 6:3
Agneshka Radvanska (Polsha, 2) — Duan In’in (Xitoy) 6:3, 6:2
Yarim finalda quyidagi juftliklar kuch sinashadi:
Barbora Stritsova (Chexiya) — Agneshka Radvanska (Polsha, 2) - : -
Yoxanna Konta (Buyuk Britaniya, 6) — Ejeni Bushar (Kanada, WC) - : -


Fikrlar