Rossiyaning eng mashhur klubi “Nasaf”ni sinovdan o‘tkazadi
Moskvaning “Spartak” klubi matbuot xizmati O‘zbekiston vitse-chempioni va mamlakat kubogi sohibi “Nasaf” bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishini e’lon qildi.
Bu bahs 15 iyul kuni “Lukoyl Arena” stadionida tashkil etiladi.
Bo‘lajak bellashuv “Spartak”ning yangi bosh murabbiyi Deyan Stankovich uchun dastlabki o‘yin sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Moskvaliklar “Nasaf”ning joriy mavsumda O‘zbekiston Superligasida peshqadamlik qilayotganiga alohida e’tibor qaratgan.
“Spartak” o‘tgan mavsumni beshinchi o‘rinda yakunlandi. Klub rahbariyati natijada qoniqmagani uchun jamoani yangi chempionatga tayyorlashni serbiyalik taniqli mutaxassis Deyan Stankovichga topshirdi.
Fikrlar