Shomurodov maydonga tushdi va hammani uyaltirib qo‘ydi! “Roma” muxlislari Eldor haqida yana nimalar deyapti?

  • 27 avgust, 2024, 07:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Shomurodov maydonga tushdi va hammani uyaltirib qo‘ydi! “Roma” muxlislari Eldor haqida yana nimalar deyapti?

Tecno

“Roma” muxlislari jamoadan yuqori o‘rinlar uchun kurashish va Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etishni talab qilib keladi. Bu vazifani jamoani qariyb uch yil boshqargan Joze Mourino uddalay olmadi.

Endi klub afsonasi Daniede De Rossi muxlislar orzusini ro‘yobga chiqarishga bel bog‘lagan. Biroq yangi mavsum italiyalik mutaxassis uchun juda og‘ir boshlandi. “Kalyari” maydonidan bir ochko bilan qaytgan “Roma”dan poytaxtlik fanatlar o‘z maydonida “Empoli”ni engishini kutgandi. Biroq jamoa 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Rim jamoa ishqibozlariga 13 daqiqa o‘ynab, gol urgan va jamoani qutqarishga juda yaqin kelgan Eldor Shomurodovning o‘yini manzur bo‘ldi xolos. Ular ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirib, Daniele De Rossini A Seriyada ishlashga loyiq emaslikda, tarkib tanlashda xatoga yo‘l qo‘yayotganlikda, Lorentso Pelligrini, Brayan Kristanteni faollik ko‘rsatmayotganlikda, qimmatga olingan Artyom Dovbikni o‘yinga kirishib keta olmayotganlikda ayblamoqda.

Sports.uz portali “Roma” muxlislarining Eldor Shomurodov gol urgan o‘yindan keyin o‘zbek futbolchisi haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Roberto Caliendo:

Shomurodov maydonda eng zo‘ri bo‘ldi va bu juda jiddiy ish! Eng qizig‘i, bu futbolchi mavsumoldi tayyorgarligini Daniele De Rossi qo‘l ostida o‘tamagan. Qolganlardan farqli o‘laroq, balki shuning uchun ham gol ura olgandir. Shomurodov bejizga maydonga intilmayotgan ekan...

Alessio Baldini:

Eldorga shon-sharaflar. Transferga qo‘yilgan va Rimda hech kim sizni kutmayotganini bilgan holda zo‘r o‘ynasho‘ hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

Damiano Murdolo:

Klubga uyat, transferlarga 100 million sarflandi, maydonda hali ham Pellegrini, Paredes, Kristante yuribdi. Shomurodov esa maydonda eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchi bo‘ldi. Maydon markazidagi o‘yinchilarni almashtirib tashlash kerak.

Mahmoud Hereh:

Eldorni keyingi mavsumoarda boshqa klubga jo‘natishayotgani juda achinarli. Qimmatbaho o‘yinchimiz Artyom Dovbik ikkita uchrashuvda eplolmagan ishni Shomurodov uch daqiqada uddalab, gol urdi.

Silvio Relandini:

Maydonda eng zo‘r o‘ynaganla Shomurodov va Baldantsi bo‘ldi. Yangi o‘yinchilar o‘zini oqlamayapti. Daniele  De Rossini klub tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilardan, deb bilamiz. Lekin murabbiylikka professional mutaxassisni topish kerak.

Guido Maluccio:

Biz qimmatbaho o‘yinchilarni olishga berilib ketdi, lekin maydonda hamma ishni Eldor Shomurodov amalga oshirdi.

Vittorio Vargiu:

Bizga maydonda yugurib o‘ynaydigan chaqqon futbolchilar kerk. Shomurodovning tezligi boshqalarnikidan ikki karra yaxshi ekan.

Marco Iacovacci:

Hamma uch yildan beri o‘ynab kelayotgan Pellegrini, Kristante va Zalevskini tanqid qilyapti. Men e’tiborni yangi o‘yinchi Matias Sulega qaratmoqchiman. U o‘yinni sekinlashtirib qo‘ymoqda va hech qachon to‘pni o‘z vaqtida uzatgani yo‘q. Eldor Shomurodovga o‘xshagan harakatchan futbolchilar maydonda bo‘lishi kerak.

Marco Palombi:

Nega Eldor Shomurodovni sotib yuborishmoqchi bo‘layotganini menga tushuntirib beringlar!

Andreea Hildan:

Shomurodov maydonga tushib, hammani uyaltirib qo‘yganini tan olishga majburman.

 

Supergol urib, sensatsiya ko‘targan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?Abduqodir Husanov endi Gretsiyada o‘ynaydi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сохипов Хусанбой
28/08/2024 17:09
Элдор гап йўқ, босс. тасанно