U17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash sanasi ma’lum

  • 17 dekabr, 2024, 14:49
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2025-yilning 3–20-aprel kunlari Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U17 Osiyo kubogi final bosqichiga qur’a tashlash marosimining sanasi bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

Unga ko‘ra mazkur tadbir 2025 yilning 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogining eng yaxshi 8 jamoasi 2025 yilning 5–27 noyabr kunlari Qatarda o‘tkaziladigan FIFA U17 Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!