“Zarangari” jamoasiga uchrashuvga etib kelmaganligi sabab texnik mag‘lubiyat yozildi
Tur doirasida “Zarangari” jamoasi Nukusda “Orol” klubi mehmoni bo‘lishi lozim edi. Biroq mehmonlar mazkur uchrashuvga tashrif buyurishmadi. Natijada “Zarangari” jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Qayd etish joiz, 3-tur doirasida “Zomin”ga qarshi bahsda ham “Zarangari” jamoasiga uchrashuvga belgilangan vaqtda etib kelmaganligi sababli texnik mag‘lubiyat yozilgan edi.
Fikrlar