13 iyun kuni O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlanadi

  • 4 iyun, 2020, 18:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

13 iyun kuni  O‘zbekiston kubogi birinchi bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Shu kuni Superliga 4-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuvning tanaffusida "Bunyodkor" stadionida Coca Cola O‘zbekiston kubogi birinchi bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Ushbu bosqichda Pro liganing barcha 8 jamoasi ishtirok etadi. Qur’a sakkiz jamoani to‘rt juftlikka ajratib beradi. Ikkinchi bosqichga yo‘l olgan to‘rt jamoa yana ikki juftlik hosil qiladi. G‘oliblar  Superliganing 14 klubiga qo‘shilib, kubokning guruh bosqichiga yo‘llanma oladi. 

Ta’kidlash joiz, "Bunyodkor" - "Qo‘qon-1912" o‘yini 13 iyun kuni soat 19:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!