2021 yildan APLda yangi transfer qoidalari amal qiladi

  • 4 dekabr, 2020, 08:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida legionerlar bilan shartnoma imzolashda yangi qoidalar joriy etiladi.

Tecno

Angliyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi tufayli ingliz klublari 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab, 18 yoshga to‘lmagan xorijlik futbolchilarni transfer qila olmaydi.

Shuningdek, klublar bir transfer oynasi vaqtida 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning faqat uchtasi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Barcha legionerlar esa, Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsat olishga ma’lum bir ochko to‘plashlari kerak. Ochkolar futbolchilarning milliy terma jamoalardagi ishtiroki va ularning FIFA reytingidagi o‘rniga qarab to‘plash mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!