
4 nafar bokschimiz Osiyo chempionati yarim finalida!
Kecha turnir doirasida 7 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Quvonarlisi, bahslarda ishtirok etgan bokschilarimizning barchasi g‘alaba qozondi. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Jang yakunlariga ko‘ra, Shavkatjon Boltaev, Shahboz Hamidullaev, Aynazar Kenesbaev va Husanboy Rihsiboev yarim finalga yo‘l oldi.
-35 kg: Humoyunmirzo Abdurasulov - Arar Muhammad (Saudiya Arabistoni) (Bokschimiz 1-raundda raqibini nokaut qildi)
-43 kg: Umidillo Abdurasulov - Zain Ibrohim (Falastin) (Bokschimiz 1-raundda raqibini nokaut qildi)
-58 kg: Abdulaziz Abdurahmonov - Shishani Jafar (Iordaniya) (3-raundda raqibini nokaut qildi)
-64 kg: Shavkatjon Boltaev - Xavi Mahdi Raad (Iroq) (2-raundda raqibini nokaut qildi)
-67 kg: Shahboz Hamidullaev - Muhammad Dursunov (Qirg‘iziston) 5:0
-70 kg: Aynazar Kenesbaev - Dulkumoni Abdallah (Iordaniya) 5:0
+70 kg: Husanboy Rihsiboev - Muhammad Alsaidi (Quvayt) (Avtomatik g‘alaba)
Fikrlar