6ta gol urilgan bahsda PSJ ochko yo‘qotdi
Frantsiya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan "Strasbur" va PSJ jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda jamoalar 3:3 hisobida durangga imzo chekdi.
Parijliklar safidan Mbappe dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Hakimi mualliflik qildi. Mezbonlardan Gameyro hamda Kassi gol urdi. Shuningdek, PSJ yarim himoyachisi Marko Veratti o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, chempionlikni hal qilgan Parij klubi 79 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. 5-o‘rindagi "Strasbur" hisobida 57 ochko mavjud.

Fikrlar