AGMK - "Istiqlol" o‘yinini qaysi hakam boshqaradi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

OFK mazkur o‘yinda ishlaydigan rasmiylar nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur bellashuvni Janubiy koreyalik Kim Dong Jin boshliq hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda avstraliyalik Jorj Lakridis va Rian Mark Gallaxerlar yordamlashadi. Zaxira hakami qirg‘izistonlik Dimitriy Mashintsev.

Ma’lumot uchun, Kim Dong Jin xalqaro nufuzdagi jami 106 uchrashuvda ishlagan va futbolchilarga jami 429 ta sariq kartochka ko‘rsatgan va 21 bor ularni maydondan chetlatgan. Bundan tashqari 46 yoshli referi o‘zi ishlagan o‘yinlarda 18 bor penalti belgilagan.

OChL. 2-saralash bosqichi

12.02.2019 16:00 Olmaliq, OKMK Sport majmuasi

AGMK (O‘zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston)

Hakamlar: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya), Jorj Lakridis, Rian Mark Gallaxer (ikkalasi Avstraliya).

Zaxira hakami: Dimitriy Mashintsev (Qirg‘iziston)

Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Hayl (Qatar)

Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg‘iziston).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!