AQShning eng zo‘r tennischilariga o‘z uyida "devorlar" ham yordam bermadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

 

AQShda mukofot jamg‘armasi 642 750 AQSh dollari bo‘lgan "Memphis Open - 2017" xalqaro turnirida chorak final uchrashuvlaridan so‘ng birorta saralangan tennischi qolmadi.

Ayniqsa, amerikaliklarning ishongan tennischilari - ikkinchi raqamda saralangan Jon Isner va to‘rtinchi raqam egasi Stiv Jonsonning mag‘lubiyati mezbonlarni hayratda qoldirdi.

Natijalar bilan tanishing:

Mixail Kukushkin (Qozog‘iston) — Stiv Jonson (AQSh, 4) 6:0 6:4

Nikoloz Basilashvili (Gruziya) — Mettyu Ebden (Avstraliya, Q) 7:6 6:4

Donald Yang (AQSh) — Jon Isner (AQSh, 2) 7:6 3:6 7:6

Rayan Xarrison (AQSh) — Damir Djumxur (Bosniya va Gertsegovina) 6:3 6:4

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!