“AUSTRALIAN OPEN-2017”: Denis Istomin jarohat sabab Grigor Dimitrovga mag‘lub bo‘ldi
13:44. Nima bo‘lganda ham tennischimizga rahmat aytamiz. Turnir davomida bizga ajoyib g‘alabalarni taqdim etgani uchun.
13:42. Afsus...Denis Istomin 4-setni 6:1 hisobida boy berdi. Umumiy hisob esa 3:1 Dimitrov foydasiga. Shunday qilib 6:2, 7:6, 6:2, 6:1 hisoblarida Istomin mag‘lubiyatga uchradi.

13:35. Bolgariyalik tennischi hisobni 4:1ga etkazdi.
13:32. Vanihoyat Denis 4-geymga kelib hisobni qichqartirdi - 3:1.
13:29. Dimitrov hisobni yanada yiriklashtirdi - 3:0.
13:28. Denis umuman kurashmay qo‘ydi. Uni jarohat bezovta qilyapti shekilli.

13:26. Denis 2-geymni ham boy berdi. Hisob 2:0ga etdi.
13:23. Afsuski Istomin 4-setning dastlabki geymini ham boy berib qo‘ydi. 1:0.
13:19. O‘yinning 4-seti boshlanish arafasida. Umid qilamizki Istomin bu setni o‘z foydasiga hal qila oladi.

13:14. Afsus. Denis 3-setni boy berib qo‘ydi. 6:2.
13:12. Kortda hamyurtimizni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekistondan borgan muxlislar xam talaygina.

13:09. Afsus, Dimitrov hisobni 5:2 ga etkazdi.

13:06. Ofarin! Istomin o‘z geymini yutib oldi. Endi hisob 4:2.
13:00. Denis faollikni yo‘qotdi. Hamyurtimiz bu geymda ham imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Hisob 4:1.

12:53. Hayriyat. Denis o‘ziga kelmoqda. Tennischimiz hisobni 3:1 ga qisqartirdi.

12:48. Dimitrov hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi.
12:44. Denisga nimadir bo‘ldi...U o‘z geymini ham boy berdi. Hisob 2:0. Dimitrov foydasiga.
12:43. Hamyurtimizga nimadir bo‘lmoqda. Tashabbusni raqibga to‘liq to‘pshirib qo‘ydi. 3-setning dastlabki geymini boy berdi. 1:0.
12:41. Diqqat qiling! 3-set boshlandi.

12:40. Ayni damda hamyurtimiz mushaklarini massaj qildirmoqda.

12:36. Afsuski taybrekda omad Dimitrovga kulib boqdi. 2-setda yakuniy hisob 7:6, bolgariyalik tennischi foydasiga. Umumiy hisob esa 1:1.
12:29. Dimitrov ham tennischimizga etarlicha qrshilik ko‘rsatmoqda. Hisob 6:6. 2-set g‘olibi endi taybrekda aniqlanadi.

12:26. Qoyil Denis! Bo‘sh kelma! Vatandoshimiz o‘z geymida raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 2-setdagi hisobni 6:5 ko‘rinishiga olib keldi.

12:18. Afsus...Dimitrov hisobni 5:5 ko‘rinishiga olib keldi. To‘p oshirish navbati hamyurtimizda.
12:16. Qoyil. Denis yana o‘z geymida g‘olib chiqdi. Hisob 5:4.
12:15. Ta’kidlash lozimki Istomin bugungi o‘yinda hozircha 9ta eysni ijro etishga muvaffaq bo‘ldi.
12:12. Eh...Dimitrov yana hisobni tenglashtirdi. 4:4.

12:09. Denis kortda ajoyib harkat qilmoqda. Sportchimiz 2-setda hisobni 4:3ga etkazdi va oldinga chiqib oldi.
12:08. Hamyurtimizda 3ta geym-point.
12:06. Afsus, Dimitrov ham o‘z geymini berishni isamadi. Hisob tenglashdi 3:3.

12:01. Denis yana oldinga chiqib oldi. 2-setda hisob 3:2 hamyurtimiz foydasiga.
12:00. Hamyurtimiz bugun o‘yindagi 7-eysiga erishdi.
11:58. Afsus, Dimitrov ham o‘z geymini yutib oldi va hisobni tenglashtirdi. 2-2.

11:56. Denis o‘z geymini yutib oldi. Hisob 2:1. Istomin oldinda.
11:52. Tennischimiz 2-geymda 2ta brek-pointdan foydalana olmadi. Hisob 1:1.

11:48. Bugun Denisning uzatmalari Dimitrovni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda. Hamyurtimiz 2-setni ham g‘alaba bilan boshladi. 1:0.

11:43. Qoyil. Istomin bu imkoniyatdan to‘g‘ri foydalandi va 1-setni o‘z foydasiga hal qildi. 6:2.
11:42. Hamyurtimizda set-boll.
11:41. Tennischilar 8-geymni o‘naymoqda.

11:38. Ta’rifga til ojiz. Denis o‘yinni o‘z qo‘liga oldi. Bu geymda ham g‘alaba qozonib, setni o‘z foydasiga hal qilish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.

11:36. Qoyil, ofarin Denis! Hamyurtimiz raqibi geymini yutib oldi va hisobni 4:2ga etkazdi.

11:32. Qoyil! Istomin o‘z geymini raqibiga berib qo‘ymadi va hisobda yana oldinga chiqib oldi. 3:2
11:27. Afsus. Dimitrov hisobni tenglashtirdi. 2:2. Navbat Istominning geymiga.

11:24. Denis yana o‘z geymini yutib, hisobda oldinga o‘tib oldi. 2:1.

11:21. Dimitrov ham o‘z imkoniyatidan to‘g‘ri foydalandi. Hisob 1:1

11:19. Qoyil Denis! Tennischimiz o‘z geymini yutib, o‘yinni omadli boshladi. 1:0
11:16. O‘yin Boshlandi! 1-setni hamyurtimiz boshlab bermoqda.
11:15.Bugun hamyurtimizga butun O‘zbekiston xalqi omad tilab turibdi. Olg‘a Denis!!!

11:11. Hamyurtimiz jigalyozdi mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda.

11:08. O‘yin boshlanish arafasida.

11:05. Hamyurtimiz kortga chiqib keldi.

11:05. O‘yinga qiziqish yuqri. Muxlislar soni ham shunga yarasha.
10:57. Yana bir necha daqiqalardan so‘ng tennischilar kortga chiqib kelishadi.
10:50. O‘yin boshlanishiga 10 daqiqa qoldi.
10:40. Yana roppa-rosa 20 daqiqadan so‘ng Avstraliyaning Melbrun shahrida mukofot jamg‘armasi 36 million AQSh dollaridan yuqori bo‘lgan “AUSTRALIAN OPEN-2017” musobaqasining 4-bosqichidan o‘rin olgan o‘yin boshlanadi. Biz uchun muhim bo‘lgan uchrashuvda hamyurtimiz Denis Istomin bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi kortga chiqadi.
Grigor Dimitrov (Bolgariya, 15) — Denis Istomin (O‘zbekiston, WC)

Fikrlar