Alberto Moreno "Liverpul"da qolishni istamayapti
"Liverpul" himoyachisi Alberto Moreno klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishni istamayapti. Bu haqda Goal.com internet nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum yakunida, ya’ni mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi nihoyasiga etgach doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoaga o‘tib ketmoqchi.
Ma’lumot uchun, Moreno “Liverpul” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 137ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 3ta gol hamda 11ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar