Alli va Shou Angliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi, ularning o‘rniga yangi futbolchilar keldi

  • 10 sentabr, 2018, 18:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabi Shveytsariyaga qarshi o‘yindan oldin tarkibda ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshirishdi.

Tecno

Unga ko‘ra MYu himoyachisi Lyuk Shou va “Tottenxem” yarim himoyachisi Dele Allilar terma jamoa qarorgohini tark etishdi. Ularning o‘rniga esa “Lester”ning ikki futbolchisi - Ben Chiluell va Demerey Greylar Angliya terma jamoasiga chaqirilishdi.

Eslatib o‘tamiz, Shou Ispaniyaga (2:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan bo‘lsa, Alli mushaklarida biroz og‘riq his qila boshlagan.

Ma’lumot uchun, Angliya - Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 11 sentyabr kuni Lester shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!