Alvares: Har doim nokaut bilan g‘alaba qozonishni istayman
O‘rta vazn toifasida Saul “Kanelo” Alvares 15 dekabr kuni Nyu-Yorkda ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBA Regular chempionlik kamari sohibi Rokki Fildingga qarshi jang o‘tkazadi.
Bu jangda u har doimgidek ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritishni istashini aytib o‘tgan. Bu jang uchinchi vazn toifasida juda muhim to‘qnashuvlardan biri hisoblanadi.
– Nokaut bilan g‘alaba qozonish har doim esda qoladi, — deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi Sky Sports nashri. – Men bu jangga maksimal tayyorgarlik ko‘rdim. Barcha uslublarni qo‘lladim. Men ringda bor kuchimni ishga solishni maqsad qilganman va har doim har bir jangda nokaut bilan g‘alaba qozonishga harakat qilaman.
– Men uchun meksikaliklar orasida uchta vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan bokschilar ro‘yxatidan o‘rin olish bilan ham muhim. Shuning uchun juda muhim jang va g‘alaba undan ham muhim.

Fikrlar