Alvares va Meyvezer revansh jangiga vazn toifasi muammo bo‘lishi mumkin

  • 28.11.2018 18:30
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida (-72,6 kg) jahon chempioni Saul Alvares navbatdagi jangini ikkinchi o‘rta vaznda (-76,2 kg) o‘tkazadi. U besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerga qarshi o‘tkazishni istayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Tecno

Meksikalik bokschi Meyvezer bilan revansh jang faqatgina o‘rta vazn toifasida tashkil qilinishi mumkinligi qo‘shimcha qilgan.

Men o‘rta vazndan pastga tusha olmayman. Agar jang tashkil qilinsa, u o‘rta vaznda tashkil etilishi zarur. Hozir men birinchi jangimizga qaraganda zamonaviyroq jangchiman. Meyvezerga yutqazgan vaqtga qaraganda tajribam oshdi. Hozir jang ancha qiziqarli o‘tadi, – deya Alvaresning so‘zlarini keltiradi BoxingScene nashri.

Floyd Meyvezer oldin hech qachon o‘rta vaznda jang qilmagan. Uning uchun eng og‘ir vazn birinchi o‘rta vazn toifasi (-69,9 kg) bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!