Ana xolos: Isko Messining muxlisi ekanligini yana bir bor omma oldida namoyish etdi(foto)
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Isko o‘zining “Instagram”dagi sahifasida o‘g‘li bilan tushgan sur’atini e’lon qildi. Bir qarashda buning g‘ayrioddiy eri yo‘qdek. Biroq ispaniyalik futbolchi “Real”ning azaliy raqibi “Barselona” forvardi Lionel Messining logotipi tushirilgan oyoq kiyimni kiyib sur’atga tushgani muxlislarning e’tiboridan chetda qolmadi.

Avvalroq Isko “Barselona” klubi ramzi tushurilgan chipslarni eyayotgan mahali tasvirlangan rasmni ham ijtimoiy tarmoqqa joylagan va birozdan so‘ng uni o‘chirib tashlagan edi.

Darvoqe, Iskoning sevimli kuchugining ismi ham argentinalik yulduzning ismi bilab bir xil – Messi.


Fikrlar