Ana xolos! Mourino Ibragimovichni MYuga qaytarmoqchi
AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubida faoliyat olib borayotgan hujumchi Zlatan Ibragimovich yana "Manchester Yunayted"ga qaytishi mumkin.
ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda 37 yoshli shvetsiyalik futbolchining qaytishini shaxsan jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino istamoqda. Portugaliyalik mutaxassisning fikricha hozir MYuga aynan Zlatandek etakchi etishmayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra Ibragimovichning qaytishi yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq amalga oshirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Milan” ham Ibragimovichni ortga qaytarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. U joriy mavsum MLSda jami 25ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 21 marta ishg‘ol qilishga erishdi.

Fikrlar