Ana xolos! Mourino yozda Ronalduni sotib olishga qarshi chiqqan
Mirror tarqatgan xabarga ko‘ra, "qizil iblislar" vitse-prezidenti Ed Vudvord 33 yoshli futbolchi uchun katta mablag‘ berishga tayyor bo‘lgan.
Biroq klub bosh murabbiyi Joze Mourino 33 yoshli futbolchi uchun 90 mln funt to‘lash, qo‘shimchasiga 500 ming funt haftalik maosh berishdan ma’no yo‘q deb hisoblab, buni rad etgan.
Portugaliyalik mutaxassis himoya chizig‘ini kuchaytirishni so‘ragan. Yakunda esa Ronaldu ushbu yozda 100 mln evro evaziga "Yuventus" safiga borib qo‘shildi.

Fikrlar