Anastasiya Pavlyuchenkova Tokioda o‘zini ko‘rsatmoqda
Yaponiyaning Tokio shahrida ayollar o‘rtasida tennis bo‘yicha "Toray Pan Pacific Open" turnirining birinchi davra bahslari davom etmoqda.
"Premier" turkumiga kiruvchi mazkur musobqaning tashkilotchilari sovrin jamg‘armasini 799,000 AQSh dollari etib belgilashdi.
Turnirning birinchi davrasida rossiyalik Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya) belaruslik Aleksandra Sasnovichni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va ikkinchi davraga yo‘l oldi.

Fikrlar