Anett Kontaveyt ikkinchi davraga yo‘l oldi

Estoniyalik tennischi Anett Kontaveyt Doxa shahrida o‘tayotgan musobaqaning ikkinchi davrasiga muvaffaqiyatli o‘tdi.

Qatar poytaxti mezbonlik qilayotgan ushbu musobaqaning birinchi davrasida Anett xitoylik Chju Linni 7:6, 6:3 hisobida taslim qildi.

Shu tariqa "Qatar Total Open" turnirining navbatdagi bosqichida Kontaveyt germaniyalik Anjelik Kerberga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!