Arina mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Qozog‘istonda ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tennis turnirida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Arina Folts va Albina Xabibulina musobaqani muvaffaqiyatli boshladi.

 

Arina Folts dastlabki uchrashuvda ukrainalik Marina Chernisheva bilan raqobatlashdi va birinchi setda raqibasiga 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq o‘zbekistonlik tennischi ikki yarim soatdan ko‘p davom etgan o‘yinning qolgan setlarini 7:5, 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qilib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi.

Albina Xabibulina esa qozog‘istonlik Ekaterina Dmitrichenkoni qiyinchiliksiz 6:3, 6:2 hisobida taslim qildi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!