"Arsenal" Remziga munosib o‘rinbosar topdi
Ispaniyaning "Sevilya" klubi xavbeki Ever Banega faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli argentinalik futbolchining xizmatlariga Londonning “Arsenal” klubi jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Gap shundaki, “kanonirlar” Banegani tez orada jamoani tark etishi kutilayotgan Aaron Remziga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” bosh murabbiyi Unai Emeri va “Ever Banegalar “Sevilya”da birga faoliyat olib borishgan.
Fikrlar