"Arsenal" qishda tajribali himoyachi sotib olmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi "Atletiko" Madrid himoyachisi Filipe Luisga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Kick Off nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “kanonirlar” 33 yoshli braziliyalik futbolchini qishki transferlar davridayoq o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Filipe Luisga joriy yoz PSJdan ham jiddiy qiziqishlar bo‘lgan edi. Biroq, Frantsiya chempioni ushbu transfer uchun “matraschilar” so‘ragan 30 million evro sarflashni istashmadi.
Fikrlar