"Atletiko" futbolchisi mavsumni APLda yakunlashi mumkin.
Angliyaning "Nyukasl" klubi "Atletiko" Madrid xavbeki Jelson Martinsh uchun kurash boshladi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “qarg‘alar” 23 yoshli portugaliyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Nyukasl” bosh murabbiyi Rafael Benites klub rahbariyati qishki transferlar davrida tarkibni kuchaytirmasa, mavsum yakunlangach jamoadan ketishi haqida ma’lum qilgan edi.
O‘z navbatida "Atletiko" rahbariyati ham “Chelsi”dan ijaraga olayotgan hujumchi Alvaro Morataning maoshiga pul topish uchun Martinshni boshqa jamoaga berib yuborishi mumkin. Unga shuningdek "Arsenal", "Monako" va"Milan" klublaridan ham qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Martinsh joriy mavsum “matraschilar” safida jami 12ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar