"Atletiko" himoyachisi PSJga o‘tishni istamoqda

  • 19.08.2018 13:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Filipe Luis rahbariyatdan o‘zini boshqa jamoaga qo‘yib yuborishlarini so‘ramoqda.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli braziliyalik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirmoqchi. Aytish kerakki, parijliklar ayni damda unga 3 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.

Biroq, “matraschilar” rahbariyati transfer derazasi yopilishi arafasida tajribali futbolchisini qo‘yib yubormoqchi emas. Chunki, agar ular Filipe Luisni PSJga sotib yuborishsa, keyinchalik ularda uning o‘rniga munosib futbolchi sotib olishlari uchun imkon bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!