"Atletiko"ning asosiy himoyachisi 2 haftaga safdan chiqdi
Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Filipe Luis La Liganing 16-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Valyadolid”ga (3:2) qarshi bahsda son mushaklaridan jarohat oldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli braziliyalik futbolchi kecha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, u kamida 2 hafta maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, Filipe Luis joriy mavsum “Atletiko” safida chempionatda jami 13ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar