Australian Open-2017da navbatdagi sensatsiya! Endi Marrey ham Jokovich ortidan musobaqani tark etdi
Avstraliyaning Melburn shahrida davom etayotgan Australian Open musobaqasida navbatdagi kutilmagan natija qayd etildi.
Jahonning birinchi raqamli tennischi britaniyalik Endi Marrey sensatsion tarzda turnirni tark etdi. Reytingda 50-o‘rinda borayotgan germaniyalik Misha Zverev 3 soatu 33 daqiqa davom etgan 4 set bellashuvda 5/7, 7/5, 2/6, 4/6 hisoblarida zafar quchdi.
Shunday qilib, bu tennischilar o‘rtasidagi o‘zaro bellashuvlarda tenglik yuzaga keldi. 1:1. Endi 1/4 finalda Zverev Ro Federer - Kei Nishikori juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Shuningdek, yana bir qiziqarli bahsda Sten Vavrinka italiyalik Andreas Seppiga imkoniyat qoldirmadi.
Australian Open-2017
22.01.2017
1/16 final
Misha Zverev (Germaniya) – Endi Marrey (Buyuk Britaniya) - 7:5, 5:7, 6:2, 6:4
Sten Vavrinka (Shveytsariya) – Andreas Seppi (Italiya) - 7:6, 7:6, 7:6
Jo-Vilfred Tsonga (Frantsiya) – Den Evans (Buyuk Britaniya) - 6:7, 6:2, 6:4, 6:4.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin jahonning №2 raqamli tennischisi Novak Jokovich hamyurtimiz Denis Istominga mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.

Fikrlar