Axmadalievni mag‘lub etgan bokschi jangdan so‘ng nimalar dedi?
Kecha hamyurtimiz Murodjon Axmadaliev Gamburgda davom etayotgan jahon chempionati ilk bosqichida qozog‘istonlik Qayrat Eralievga qarshi ringga ko‘tarildi. 56 kg vazn toifasida kurash olib borgan bokschimiz hakamlar xulosasiga ko‘ra, 1:4 hisobida raqibga mag‘lub bo‘ldi va turnirdagi yurishiga yakun yasadi.
Sports.kz internet nashri esa bahsdan so‘ng Eralievdan kichik intervyu oldi.
– Qayrat, siz birinchi jangingizdan so‘ng, boksda stabillik muxim degan edingiz. Bugun Axmadaliev Olimpiadadagi Axmadalievdan kuchsizmidi?
– Murodjon Axmadaliev – yaxshi bokschi. U mazkur turnirga yaxshi tayyorgarlik bilan etib keldi. Ko‘p narsa o‘yinning borishiga bog‘liq. Ba’zi vaqtlarda omadim keldi. Bugun men yaxshi jang qildim.
– Biroq bu bilan cheklanib qolmaysiz…
– Albatta. Oldinda qiyin bahslar bor. Tayyorgarlik ko‘rishda davom etaman.
– Siz o‘zbek bokschisiga qarshi qanday taktika qo‘lladingiz?
– Men o‘zbek bokschisidan tezkorroq harakat qilishim kerak edi va zarba berganimdan so‘ng to‘xtab qolmasligim zarur edi. Barchasi men uchun yaxshi yakunlanganidan xursandman. Men oldingi qo‘lim bilan bergan barcha zarbalar aniq bo‘ldi. Bu g‘alabada murabbiylarimning xissasi katta.
– Birinchi raund so‘nggida yaxshigina zarbalarni qabul qilib oldingiz…
O‘zbek bokschisi payt poyladi. Menimcha, raund so‘nggini o‘ziniki qilmoqchi bo‘ldi. Biroq men bunga yo‘l qo‘ymadim. Birinchi soniyalardanoq ishlash lozim. Chunki, keyin kech bo‘lishi mumkin.
– Olimpiadada sizning yo‘lingizga aynan Murodjon to‘g‘anoq bo‘lgan edi. Siz o‘sha mag‘lubiyatdan qanday xulosa chiqardingiz?
– Har bir turnir – bu yangi tajriba va yangi hayot. Mag‘lubiyat faqat meni kuchli qiladi.
– Axmadaliev bu turnirda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan edi. Endi chempionlik uchun sizning yo‘lingizga kim xavf solishi mumkin?
– Kimnidir aloxida ko‘rsatmagan bo‘ladi edim. Barcha bahsga mas’uliyat bilan yondashish lozim. Jahon chempionatida kuchsizlar bo‘lmaydi.



Fikrlar