
Azmun APLga ketmaydi, u Rossiyada qoladi!
Xabaringiz bor bundan avvalroq Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi “Rubin” forvardi Sardor Azmunni o‘z safiga qo‘shib olishga urunmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda 24 yoshli eronlik futbolchi uchun dastlab 10 mln evro taklif qilgan piterliklar bu borada yana yangi taklif yuborishgan. Unga ko‘ra “Zenit” Azmun uchun “Rubin”ga 12 mln evro to‘lashga tayyor. Katta ehtimol bilan ushbu taklif qozonliklarni to‘liq qanoatlantiradi va ular ushbu taklifni qabul qilishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Azmunga shuningdek Angliyaning “Vulverxempton” klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar
Англияда хаттоки 7чи дивизионгаям олишмиди уни